Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 20 apreldan boshlab issiqlik ta’minoti o‘chiriladi
17.04.2020 13:31,  
93

Havo harorati keyingi haftada 27 S va undan ortiq bo‘lishini ko‘rsatayotgan ob-havo prognozini o‘rgangan holda, shuningdek, energiya manbalarini tejash va issiqlik ta’minoti tizimini yozgi ish tartibiga o‘tkazish maqsadida, Toshkent shahar hokimligi tomonidan turar joylarda issiqlik ta’minoti tizimini 20 aprel kunidan boshlab bosqichma-bosqich o‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. 

Hokim o‘rinbosari B.Raxmanqulovning ma’lumot berishicha, issiqlik ta’minoti tizimini o‘chirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi navbatda issiqlik manbalarida bosim pasaytiriladi, nasos stansiyalari o‘chiriladi, keyin bevosita turar joylarining issiqlik ta’minoti tizimlari va lokal qozonxonalar o‘chiriladi.

Jarayon yakunida issiqlik tarmoqlari to‘liq issiq suv ta’minoti rejimiga o‘tadi. Issiqlik ta’minoti tizimini o‘chirishning to‘liq jarayoni o‘rtacha 3 sutka vaqt oladi.

Shu bilan birga, shahar hokimining o‘rinbosari, karantin yakuniga qadar bahorgi bir haftalik issiq suv o‘chirilishi ko‘zda tutilmayotganligini, kelgusi isitish mavsumiga tayyorgarlikning barcha jadvallari vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, qayta ko‘rilishini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан