Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 27 yoshli yigit totalizator sabab o‘zini osib qo‘ygani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
6.12.2021 08:21,  
361

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir yigit totalizator o‘yinlar sabab o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar tarqaldi. Unda Amudaryo tumanida istiqomat qilgan 27 yoshli yigit Toshkentda sheriklari bilan suvoqchilik qilib ishlab topgan 20 million so‘mni (sheriklarining ulushini ham) qimorga tikib yuborgani, shundan so‘ng yigit o‘zini osib joniga qasd qilgani aytilgan. Bu haqda «Daryo» ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida tug‘ilgan yigit Sh.Q.ning murdasi 2021 yil 24 avgust kuni soat taxminan 07:15 larda Yunusobod tumani, «Hasanboy» MFYdagi uylarning birida haqiqatan ham daraxtga osilgan holda topilgan. Ammo u tarqalgan xabarda aytilganidek, 27 yosh emas, 21 yosh bo‘lgan. Yigit qimor o‘yinlariga qiziqmagan, biron bir shaxsdan qarzi bo‘lmagan, uning o‘limiga qimor o‘yini sabab bo‘lmagan.

Tergovga qadar tekshirish davomida aniqlanishicha, Sh.Q. Toshkentga 23 avgust kuni ikki o‘rtog‘i bilan ish qidirib kelgan, ammo taklif qilingan ish unga yoqmagan va shu kuni «Hasanboy» MFYda turadigan qarindoshining uyida tunab qolgan.

Marhumning yaqin qarindoshlari so‘ziga ko‘ra, u o‘limidan to‘rt kun oldin Qoraqalpog‘istonda yashovchi ota-onasining oldiga Toshkent Axborot texnologiyalar universitetiga o‘qishga kirgani sababli borgan, biroq otasi uning o‘qishiga qarshi bo‘lib, undan mehnat qilib pul topishni talab qilgan. Shu sabab ota-onasi o‘rtasida o‘zaro janjal chiqqan. Otasi unga mehnat qilib pul topmasa undan voz kechib yuborishini aytgani tufayli yigit tushkunlikka tushib, Toshkentga qaytib kelgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 24 avgustdagi xulosasiga ko‘ra, Sh.Q.ning o‘limi bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan siqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya, o‘tkir nafas, yurak, qon-tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pka shishi, ichki a’zolar to‘laqonligi fonida taloqning kamqonligi oqibatida yuzaga kelgani, qonidan 1,3 promilli etil spirti topilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilib, yakuniga ko‘ra, 30 avgust kuni Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан