Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 34 yoshli xomilador ayol koronavirusdan vafot etdi
26.07.2020 00:04,  
387

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 34 yoshli B.M. (ayol)da 5 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va 6 iyul kuniga qadar u poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolangan. 6 iyul kuni bemor shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, kasallik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Bemorda 24 haftalik uchinchi homiladorlik bo‘lgan va asoratlangan akusherlik anamnezi, kamqonlik kabi hamroh kasalliklar bilan og‘rigan.

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан