Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 4 nafar maktab o‘quvchisini Damas urib yubordi
3.10.2021 21:52,  
198

Toshkentda 20 yoshli haydovchi Damas’da 4 nafar maktab o‘quvchisini urib yubordi. Ulardan biri shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 2 oktyabr kuni, taxminan, soat 15:00 da Yangihayot tumanidagi Chinor va Polvonyor ko‘chalari kesishmasida yuz bergan. 20 yoshli A.K. Damas’ni ishonchnoma asosida haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan voyaga yetmagan piyodalarni urib yuborib, Nexia bilan to‘qnashgan.

Oqibatda 10-sinf o‘quvchilari — 2005 yilda tug‘ilgan Gleb K., 2005 yilda tug‘ilgan Sarmat M. va 2006 yilda tug‘ilgan Temur X. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ikkala avtomobil haydovchilar ham shifoxonaga yetkazilgan.

Yana bir piyoda — 10-sinf o‘quvchisi 2004 yilda tug‘ilgan Artyom Y. YTH oqibatida yetgan badan shikastlari tufayli shifoxonaga yetkazish davomida vafot etgan.

Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан