Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 8 yoshli bola boshqargan Lacetti avtohalokatga uchradi
7.01.2021 19:54,  
423

 Toshkentda Lacetti avtomobili yosh bola bilan qarovsiz qoldirilishi oqibatida, avtomobil Makro supermarketining oynalarini buzib, do‘kon ichiga kirdi. Ushbu hodisa aks etgan vidjeo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. 
   Hodisa bugun, 7 yanvar kuni soat 13:50 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Gyote-5 ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi 1983 yilda tug‘ilgan J.Sh. Lacetti rusumli transport vositasida harakatlanib kelib, ushbu ko‘chada joylashgan Makro supermarketi yaqiniga to‘xtab, o‘t oldirgich kalit va farzandini qarovsiz qoldirib, o‘zi supermarket ichiga kirib ketgan. 
Avtomobilda bo‘lgan 8 yoshli farzandi o‘t oldirgich kalitni burab yuborishi oqibatida avtomobil harakatlanib ketgan va supermarket oynasini sindirib, ichkariga kirib to‘xtagan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda",-deya yozmoqda Qalampir.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан