Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Angry Birds o‘yini yaratuvchisi ishtirokida trening bo‘lib o‘tadi
17.02.2020 17:46,  
119

26 fevral kuni Angry Birds o‘yini yaratuvchilaridan biri Piter Visterbaka Toshkentga tashrif buyuradi deb xabar qiladi IT Park matbuot xizmati.

Vesterbaka Toshkent shahridagi Inha universitetida seminar-treningda qatnashadi. Treningning maqsadi - mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirishda Yevropa axborot texnologiyalari sohasi va ularning ish usullari, shuningdek savol-javoblar sessiyasini tashkil etish.

Piter Vesterbaka Finlyandiyaning Rovio kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori, mashhur Angry Birds o‘yinini yaratuvchilardan biri. U biznesni hamda Angry Birds franshizalarini rivojlantirish, shuningdek, marketing va brending uchun javobgar.

Rovioga kelgunga qadar u uzoq vaqt IT sohasida ishlagan. U HP Mobile –Services Bazaar asoschisi va MobileMonday hammuassisidir. Angry Birds’dan tashqari yana 50 ga yaqin o‘yin yaratdi. 2011 yilda u TIME jurnali tomonidan "Sayyoraning 100 ta obro‘li odami" reytingiga kirdi.

Treningda ishtirok etish bepul, faqat oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан