Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda bank binosiga tuynuk ochib kirgan shaxs jinoyat joyida ushlandi
22.03.2021 19:47,  
468

Joriy yilning 22 mart kuni soat 01:24da Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 4-Alohida bataloni Monitoring markaziga Amir Temur ko‘chasida joylashgan banklarning biridan “tashvish” xabari kelib tushadi. Unga asosan, tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari, bank filialiga yetib borishganida, bino ichkarisida noma’lum shaxs borligining guvohi bo‘lishadi. G‘ayriqonuniy ravishda ichkariga kirgan no‘malum shaxs xodimlarni ko‘rib yashirinishga urinadi. Biroq xodimlar tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbir natijasida ushbu shaxs voqea joyida qo‘lga olinadi.

Bank filiali ko‘zdan kechirilganida ushbu shaxs, birinchi qavatda joylashgan ombor eshiklarini buzish yo‘li bilan ombor shiftidan ikkinchi qavatda joylashgan bank filialiga tuynuk ochib o‘tganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan, Olmaliq shahar IIB navbatchilik qismiga xabar berilib, ushbu shaxs daliliy ashyolar bilan o‘rnatilgan tartibda topshirilgan.

Dastlabki surishtiruv natijasida, ushbu shaxs, Navoyi viloyati Nurota tumanida ro‘yxatda turib, hozirda Olmaliq shahrida vaqtincha yashab kelgan 1996 y. t., Q, S. ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан