Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda bir nechta mansabdorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
29.12.2021 10:27,  
256

Joriy yilning mart oyida Toshkent shahri Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining 500 metr qismida 40-50 sm.gacha cho‘kish holati yuzaga kelganligi sabab hududda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklangandi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aniqlanishicha, mutasaddi tashkilotlar tomonidan "Yunusobod-Turkiston" yerosti metro konstruksiyasining atrofini va yon qismlarini tuproq bilan qayta to‘ldirish va zichlash ishlari sifatli bajarilmaganligi, texnik nazorat talab darajasida olib borilmaganligi hamda avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilishda loyihalashtirish ishlari noto‘g‘ri olib borilganligi sababli yuqoridagi cho‘kish holati yuzaga kelgan.

Buning natijasida, davlatga 4,5 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda holat bo‘yicha Transport prokuraturasi tomonidan Toshkent metropoliteni liniyalarini qurish direksiyasi va Toshkent shahar hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Ahmad Donish ko‘chasida yuzaga kelgan holatni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан