Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda «BMW» ishtirokidagi ayanchli YTH haqida rasmiy ma’lumot berildi
17.02.2021 09:11,  
405

Joriy yilning 16 fevral kuni soat 22:45larda, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 24-mavze hududida joylashgan «Maqsad» kafesi qarshisida, haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan R.R. «BMW» rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvida bo‘lgan, yo‘l chetida to‘xtab turgan «Isuzu» rusumli yuk avtomobiliga urilib, YTH sodir etgan.

To‘qnashuv natijasida, «BMW» rusumli avtomobil haydovchisi R.R. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchilari, 1990 yilda tug‘ilgan B.K. shifoxonaga olib ketilayotganda, 1994 yilda tug‘ilgan V.E. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан