Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda bo‘lib o‘tadigan professional boks kechasida kimlar jang qiladi? To‘liq jadval
27.05.2021 16:51,  
505

Keyingi yillarda jahon miqyosidagi professional boks musobaqalarida O‘zbekiston nomini himoya etayotgan bokschilarning erishayotgan natijalari yangicha ko‘rinish olmoqda.

Professional bokschilarimiz Murodjon Ahmadaliyev, Qudratullo Abduqahhorov, Shohjahon Ergashev, Bektemir Meliqo‘ziyev, Hasanboy Do‘smatov, Fazliddin G‘oibnazarov, Olimjon Nazarov, Shahram G‘iyosov, Ravshan Umurzaqov, Doston Turdiyev, Abdulaziz Najmiddinov, Rustam To‘laganov kabi bir qator sportchilarimiz o‘z yo‘nalishlarida muvaffaqiyatli ishtirok etb kelmoqda.

Ertaga poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi hamda SAFPRO promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkillashtiriladigan boks janglari ham iqtidorli bokschilarni tarbiyalashda muhim musobaqa bo‘lib qolishi shubhasiz.

Mazkur “Professional boks kechasi”ning makrkaziy jangi "BeFit" klubi a’zosi Islombek Pirmanov (2-0, 2 KO) ozarbayjonlik  Rauf Agayev (31-7, 14 KO) o‘rtasida WBC mintaqaviy kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, xamyurtimiz Abduhamid Hakimov boks oqshomida WBC Asia kamarini himoya qiladi. Ajoyib boks oqshomida Doston Turdiyev, Rustam Ergashev, Behruz Rahmonov, Jo‘raboy Zokirov, Shukrullo Vohidov kabi professional bokschilarimiz reyting janglarida ishtirok etishadi.

“Professional boks kechasi”ning supervayzeri etib O‘zbekiston professional boks federatsiyasi hakamlar hay’ati raisi Nabijon Ismanov belgilangan.

Musobaqani kuzatish uchun Toshkentga Butunjahon bokschilar uyushmasi(WBC) ijroqo‘mi a’zosi, WBCning MDX va Baltika davlatlari bo‘limi prezidenti Vladimir Laptev, jahondagi eng kuchli promuoterlik kompaniyalaridan biri RSS promuoterlik tashkiloti bosh direktori German Titov kabi professional boks olamida o‘z nufuziga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etishadi

Musobaqalar 29 may kuni kechki soat 19.00 da boshlanadi. Musobaqalarni tomosha qilish uchun sport majmuaga kirish bepul.

 

  “PROFESSIONAL BOKS KECHASI”

 JO‘FTLIKLARI RO‘YXATI

 

Vazn toifasi

  p/p

F.I.

Davlati

 

F.I.

Davlati

4 raund

61,2 kg

1

Egamberdi Nuriddinov

O‘zbekiston

-

Temur Dehqanov

O‘zbekiston

4 raund

72,2 kg

3

Dilshod Isroilov

O‘zbekiston

 

Maksud Matyazov

O‘zbekiston

4 raund

+90 kg

5

Obidjon Toxirov

O‘zbekiston

-

Muxammadbobur Mirzajonov

O‘zbekiston

6 raund

61,2 kg

2

Shukrillo Voxidov

O‘zbekiston

-

 

 

6 raund

66,7 kg

4

Eldorbek Saidov

O‘zbekiston

-

Sobirjon Turgunov

O‘zbekiston

6 raund

66,7 kg

6

Bexruz Raxmonov

O‘zbekiston

-

Juravoy Zokirov

O‘zbekiston

10 raund

79 kg

7

Abduxamid Xakimov

O‘zbekiston

-

Alisher Xabibullayev

O‘zbekiston

WBCning Sharqiy Osiyo-Yevropa va Pribaltika davlatlari tashkilotining kamari uchun jang

10 raund

55,7 kg

8

Islombek Pirmanov

O‘zbekiston

-

Rauf Agayev

Ozarbayjon

 

 

 

.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан