Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda erkak karate uslubini ko‘rsatayotgan ayolni pichoqlab o‘ldirdi
8.01.2021 20:25,  
1087

  Toshkent shahar Yashnobod tumanida mast holatida karate uslublarini ko‘rsatib, bexosdan jarohat yetkazgan tanishini pichoqlab quygan fuqaro qamoqqa olindi. Bu haqda xabar bergan  Tergov departamenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha,  2020 yilning 23 dekabr kuni soat 09:03 da Yashnobod tumani Sandiqli 1-tor ko‘chasi 2-uy oldida tan jarohatlari bilan noma’lum ayolning murdasi topilgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, murdaning shaxsi aniqlanib, u 31 yoshli D. K. ekanligi ma’lum bo‘lgan.
   Aniqlanishicha, 2020 yilning 22 dekabr kuni soat 16:30 atrofida D. K. tanishlari A. K. va V. A.lar bilan A. K.ga tegishli S.Mashxadiy ko‘chasida joylashgan uylardan birida tibbiyot spirtini iste’mol qilgan. So‘ngra D. K. mast holatda bo‘la turib, V. A.ga karate sport uslublarini ko‘rsatishni boshlagan.  Shu vaqtda D. K. fuqaro V. A.ga bexosdan jarohat yetkazgan. Oqibatida V. A.ni bundan jahli chiqib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan ikki marotaba uning ko‘krak qismiga jarohat yetkazgan. Natijada D. K. tan jarohatlari bilan xonadondan chiqib ketgan va yuqorida ko‘rsatilgan joyda xushini yo‘qotib, so‘ngra vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan V. A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida hodisa sodir bo‘lgan joydan oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Hozirda V. A. jinoyat ishiga ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tariqasidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан