Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda fuqaro ayolga tegajonlik qilgan bezoriga "dars" berib qo‘ydi
6.03.2021 11:59,  
893

6 fevral kuni soat 21:30 larda 33 yoshli Azamat E., mast holatda Yangiyo‘l shahri Mevazor MFY., da joylashgan ko‘p qavatli uylar oldidan o‘tib ketayotgan fuqarolar 25 yoshli Shahzoda A., va Jamoliddin A.,larga hech bir sababsiz tegajonlik qilib, ularni haqorat qilib, Shahzoda A., bilan janjallashib uni bosh va yuz sohalariga qo‘li bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

Natijada Jamoliddin A., Shahzoda A.,ni himoya qilib, Azamat E.,ning tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan. 

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasida, Shahzoda A., va Azamat E.,larda “yengil” tan jarohatlari olganliklari ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан