Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda “G‘alaba bog‘i majmuasi” quriladi
28.04.2020 21:28,  
707

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “G‘alaba bog‘i majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihada Toshkent shahri Olmazor tumanida barpo etilgan Ikkinchi jahon urushi davriga oid “G‘alaba bog‘i majmuasi” operativ boshqaruv huquqi asosida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilishi belgilangan.

Mazkur majmua Markaziy xiyobon, Temir yo‘l vokzali, harbiy texnikalar maydonchalari, Amfiteatr va ma’muriy bino, G‘alaba hududi, Urushning dahshatli qiyofasi aks etgan maydon, Front orti hududi, Motam va anduh hududi, Shodu-xurramlik hududi, Shukronalik hududi, G‘alaba hududi, Shon-sharaf davlat muzeyi hamda monument va haykallardan iborat bo‘lib, tarixiy haqiqatlar haqida ma’lumot berishga xizmat qiladi.

O‘tganlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan majmuada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar, konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari, ijodiy kechalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ham belgilab o‘tilgan.

Shuningdek, majmuada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda mavzuga oid virtual ekskursiyalar tashkil etish sharoitini yaratish ham rejalashtirilgan.

Loyiha bilan ushbu havolasi orqali tanishishingiz hamda takliflaringizni bildirishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан