Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda koronavirusga chalingan yana bir xomilador ayol vafot etdi
28.07.2020 23:32,  
231

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 40 yoshli M.K. (ayol) 12–17 iyul kunlari shahar 2-son tug‘ruq kompleksida “30 haftalik 4-homiladorlik, 4-tug‘ruq, asoratlangan akusherlik anamnezi, bachadon chandig‘i, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas yetishmovchiligining 2-darajasi” tashxisi bilan statsionar sharoitida davolangan.

“COVID-19” tasdiqlangach, 17 iyul kuni shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, sepsis, poliorgan yetishmovchiligi, DVS sindrom asoratlari bilan kechgan. Yuqorida keltirilgan hamroh kasalliklar bilan birga bemorda homilaning antenatal o‘limi ham kuzatilgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, sepsis, poliorgan yetishmovchiligi, DVS sindromdan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан