Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda “Mercedes-Benz” va “Neksiya 3” to‘qnashdi. “Neksiya” yonib ketdi
19.06.2020 12:11,  
517

Joriy yilning 19 iyun kuni soat 08:50 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida haydovchi 1984 y.t. A.D. (erkak) “Mercedes-Benz” rusumli transport vositasida ortga qayrilib olayotgan vaqtda ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi 1992 y.t. D.M. (erkak) boshqaruvidagi “Neksiya 3” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

To‘qnashuv oqibatida “Neksiya 3” rusumli transport vositasining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan va o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Natijada, “Neksiya 3” rusumli transport vositasi haydovchisi D.M. va yo‘lovchisi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан