Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda nega loyli qor yoqqaniga izoh berildi
17.11.2021 22:58,  
568

Bugun Toshkentda loyli qor yoqqani bo‘yicha xabar berilgandi. Gidrometeorologiya markazi ushbu hodisa yuzasida kichik tadqiqotini e’lon qildi.

«17 noyabr 6:00 da Toshkent shahrida iflos qor yog‘di. 10:30 da qor qatlami 12 smni tashkil etdi. pH (kislotalilik), elektr o‘tkazgichlilik va ion tarkibini aniqlash uchun qordan namunalar olindi. Qor namunalari olinganda ifloslangan qor qatlamlari (qizg‘ish loy rangi) kuzatildi», deyiladi unda.

Ifloslangan qor yog‘ishiga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘lgan. Agar Toshkentda 14 noyabrda yog‘inlar yog‘ib havo tozalangan bo‘lsa, Buxoro viloyatida esa yog‘inlar bo‘lmadi. 17 noyabrda respublikaning butun xududiga shamolning tezlashishi va ba’zi joylarda qumli bo‘ron bilan sovuq nam havo massasi kirib keldi.

Shamol tezligidan ko‘tarilgan chang masofaga ko‘chdi va tuproq va qum rangini bo‘yab Toshkent shahriga cho‘kdi.

Atmosfera havosi tahlil natijalari ko‘rsatkichlari: qorning pH-9,6 ni tashkil etdi-ishqorli muhit. Odatda pH-7 bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlik 73,2, bu anionlar va kationlarning uncha katta bo‘lmagan konsentratsiyasidan dalolat bo‘ladi va inson salomatligiga ziyon yetkazmaydi, deyiladi izohda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан