Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Toshkentda oyog‘i yerdan uzilgan so‘kong‘ich GAI xodimi» haqida ma’lumot berildi
7.09.2021 14:22,  
601

Ijtimoiy tarmoqda «Toshkentda oyog‘i yerdan uzilgan so‘kong‘ich GAI xodimi» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

2021 yil 25 avgust kuni soat 11:00 larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus-Mirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada YPX xodimi Sh.Beknazarov tomonidan «Neksiya-3» rusumli avtomobil haydovchisi to‘xtatilgan. Avtomobil salonida yo‘lovchilar bo‘lganligi sabab karantin talablari asosida tibbiyot niqobini taqib olishi kerakligi bo‘yicha haydovchiga YPX xodimi tomonidan tushuntirish berilgan.

O‘zaro muloqot vaqtida xodim muomala madaniyatidan chetga chiqqanligi videoda aks etgan. Holatga to‘liq oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан