Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda “pasport stol”lar ishlay boshladi
3.05.2020 23:28,  
441

4 may – dushanba kunidan boshlab Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tuman bo‘linmalari fuqarolar qabulini davom ettiradi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Shuningdek, 4 may – dushanba kunidan boshlab Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limlarida, shuningdek diagnostik stansiyalarida (texnika nazorati) fuqarolar qabuli davom etadi.

Ish kunlari: dushanbadan shanbagacha, dam olish kunlari – yakshanba va bayram kunlari.
Ish vaqti: soat 9.00 dan 18.00 ga qadar. Tushlik vaqti: 13.00 dan 14.00 gacha.

"Qayd etamiz: qabul sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga qat’iy amal qilingan holda olib boriladi. Fuqarolardan tibbiy niqob taqishni va ijtimoiy masofani saqlashni so‘rab qolamiz!", deyiladi IIBB xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан