Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda qoida buzgan haydovchiga chora ko‘rmagan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi
12.09.2021 20:52,  
293

Ijtimoiy tarmoqda «Toshkentda GAI: Bo‘ldi ketavering. O‘zimizni yigit-ku bu» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Video yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 10 sentyabr kuni soat 12:00 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasida YPX xodimi O.Shokirjonov tomonidan Matiz rusumli avtomobil to‘xtatilgan. Haydovchi boshqaruv vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmagan hamda yo‘l chizig‘i talabiga rioya qilmagan.

O‘zaro muloqot vaqtida jarayonga YPX xodimi Sh.Nuraliyev aralashgan va haydovchiga o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rilmasdan ketishiga ruxsat berilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан