Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Spark ustida sherigini bog‘lab, TikTok’ka rolik suratga olgan blogerlar 10 sutkaga qamaldi
17.07.2021 22:45,  
194

Ijtimoiy tarmoqlarda Spark ustida bir fuqaroning bog‘langan holda harakatlanayotgani tasvirlangan video tarqaldi. «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» dasturida ma’lum qilinishicha, qoidabuzar blogerlar javobgarlikka tortilgan.

Ma’lum qilinishicha, videodagi holat 1 iyul kuni Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Unda bir fuqaroning Spark tomiga bog‘langan holda harakatlangani va uning yana ikki sherigi holatni videoga olgani tasvirlangan.

«Bu mening g‘oyam edi. Odamlar uchun ozgina qiziqroq bo‘lishi uchun qildik. Bu ishimdan afsusdaman», — deydi qoidabuzarlardan biri.

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganib chiqilib, ish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125 va 183-moddalari (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, mayda bezorilik) bo‘yicha sudga taqdim etilgan. Sud esa qoidabuzar blogerlar nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi va BMHning uch baravari (735 ming so‘m) miqdorida jarima tayinlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан