Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda “stiker”larni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20.04.2020 10:54,  
746

 Toshkent shahar, Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tib, ulgurji savdo turiga ega bo‘lgan “D.F.” MChJ mansabdor shaxslari mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, karantin qoidalariga zid ravishda 7 nafar shaxslarni ishga qabul qilish haqida buyruqlarni rasmiylashtirib, Davlat xizmatlari markazidan karantin davrida avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi stikerlarni noqonuniy olishga erishganligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov xabar qildi.

Shu kabi, 9 ta ma’suliyati cheklangan jamiyatlari mansabdor shaxslari jami 18 ta holatlarda stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan 17.04.2020 yilda Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 192-11, 257-1 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан