Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda tezligini oshirgan haydovchilarni "ovlayotgan" "Damas"lar bo‘yicha ma’lumot berildi
13.03.2021 20:06,  
1021

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqda qo‘plab bahs va munozaralarga sabab bo‘layotgan, transport vositalarining harakatlanish tezligini nazorat qilish bilan shug‘ullanayotgan deya izoh keltirilgan davlat raqam belgilari 01 523 RHA hamda 01 114 MGA bo‘lgan 2 ta "Damas" rusumli avtomobillar aks etgan videoga  IIV YHXBB Axborot xizmati izoh berdi. 

Ma’lum qilinishicha,  ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan video lavhada asoslanmagan ma’lumotlar keltirilgan.

" Barchaga ma’lumki, Toshkent shahridagi mavjud ko‘priklarning ustki qismida "LED" monitorlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Videolavhada ko‘rsatilgan "Damas" rusumli avtomobillar mazkur hududdagi ko‘prik ustki qismida yangi o‘rnatilgan "LED" monitorlarni boshqarish tizimini vaqtinchalik nazorat qilish va sozlash bilan shug‘ullanayotgan vaqtda tasvirga tushirilgan. Yuqorida keltirilganlarni inobatga olib, mazkur videoda keltirilgan izohlar asossiz ekanligini ma’lum qilamiz.

Ushbu avtomobillardan qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida foydalanilmagan", deyiladi munosabatda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан