Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda tibbiyot xodimlari 586,7 mln so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda
11.11.2021 18:34,  
130

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida byudjet mablag‘larining foydalanilishi va qonun hujjatlariga rioya etilishi holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha klinika faoliyatida jami 9 mlrd 747 mln 598 ming so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Shundan 586 mln 798 ming 200 so‘mlik byudjet mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilinganligi aytilmoqda.

Holat yuzasidan klinikaning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан