Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda voyaga yetmagan o‘g‘il bolaning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan taksi haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
6.03.2021 20:45,  
647

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida qora rangli Nexia-3 avtomobilida taksichilik qilgan noma’lum erkak 10 yoshli o‘g‘il bolani zo‘rlamoqchi bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 fevral kuni Chilonzor tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 30 yoshli B.J. murojaat qilgan. Fuqaro o‘z arizasida uning 10 yoshli o‘g‘liga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichiga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Otaning murojaatidan so‘ng mazkur fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.

Mazkur fakt bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchining shaxsini va holat tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tezkor-tergov tadbiri o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан