Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda yana avtobus yonib ketdi
20.12.2021 10:36,  
79

20 dekabr kuni soat 07:50 da Uchtepa tumani «Farhod» ko‘chasida «O‘rikzor-Do‘mbirobod» 125 yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «Mercedes-benz» avtobusida yong‘in chiqdi.

FVV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, holat bo‘yicha tuman FV bo‘limidan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:56 da yetib borgan.

Yong‘in soat 08:00 da o‘chirilgan. Buning oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanayotgani qo‘shimcha qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан