Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda yangi eksperiment joriy qilinishi mumkin
24.01.2021 11:53,  
794

Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasida jismoniy shaxslarning ishtirokiga doir «Ekonazorat» axborotlashtirish tizimi ishlab chiqildi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida keltirilgan.

Qayd etilishicha, yangi axborot tizimini 2021 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida eksperiment tariqasida joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, axborot tizimidagi mobil ilova va Telegram-bot quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:  

  • jismoniy shaxslar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (foto va video materiiallar)ni Davlat ekologiya qo‘mitasiga manzil (lokatsiya) belgilari bo‘yicha yuborish;
  • huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarga pul mukofotlarini to‘lash;
  • 2021 yil dekabr oyidan boshlab hayvonot va o‘simlik dunyosi ob’yektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashuvi bo‘yicha davlat kadastri va ularning monitoringi to‘g‘risida ma’lumotlardan ochiq foydalanish va boshqalar.

«Ekonazorat» axborotlashtirish tizimi 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab butun mamlakat hududida uzluksiz ishlashini ta’minlash belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан