Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi "Farhod" bozorida IIB xodimlarining zo‘ravonligi"ga izoh berildi
15.06.2021 09:37,  
402

Internet tarmog‘ida Toshkent shahar IIBB xodimi va ichki ishlar bo‘limiga kelgan fuqaro orasidagi kelishmovchilik videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB bu borada rasmiy bayonot berdi.

"Uchtepa tumani IIO FMB 7-son ichki ishlar bo‘limiga poytaxtda yashovchi fuqaro Ch.T.dan murojaat kelib tushdi. Murojaatchi o‘z arizasida 41 yoshli Turg‘unpo‘lat X.ning undan 6.000.000 so‘m qarzi borligini ma’lum qilgan.

2021 yil 5 iyun kuni Uchtepa tumani IIO FMB profilaktika katta inspektori podpolkovnik M. Fozilov Turg‘unpo‘lat X.ni ichki ishlar bo‘limiga kelib tushgan murojaat bilan tanishib, mazkur fakt bo‘yicha tushuntirish xati yozishi uchun taklif qilgan. Xodimning ish joyiga Turg‘unpo‘lat bilan birga uning mazkur ishga aloqador bo‘lmagan ikki nafar tanishi (muqaddam ikki marta sudlangan 43 yoshli Farxod Yu. va 34 yoshli Solijon T.lar) ham kirmoqchi bo‘lishdi. Xonani tark etish to‘g‘risidagi iltimosga javoban fuqarolar qo‘pol muomalada bo‘lib, holatni videoga tushirishni boshlashgan va bu bilan xodimning ish faoliyatiga to‘sqinlik qilishgan. Fuqarolar ichki ishlar bo‘limidan chiqarilishi jarayoni yuqoridagi videoga tushib qolgan. Kelishmovchilik davomida Turg‘unpo‘lat X. tushuntirish xati yozishga tayyorligini bildirib, o‘zi ham do‘stlarini tinchlantirmoqchi bo‘lgan".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан