Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktablarda qog‘oz kundaliklar bekor qilinadi – «Raqamli Toshkent»
18.03.2020 17:43,  
420

“Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4642-son, 17.03.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshiriladi. 

Shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha ob’yektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish Dasturning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Dasturga asosan, 2020 yilda:

– 1 maygacha avia, temir yo‘l va boshqa transport xizmatlariga elektron chiptalarni onlayn sotib olish yagona axborot tizimi joriy etiladi;

– 1 sentyabrgacha barcha maktablarda jurnal va o‘quvchilarning kundaliklarini qog‘oz shaklida yuritish bekor qilinadi hamda ularni elektron tarzda yuritishga mo‘ljallangan yagona axborot tizimi ishga tushiriladi;

– 1 noyabrgacha kommunal xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarni onlayn to‘lash hamda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan elektron hamkorlikni ta’minlovchi “Mening uyim” yagona axborot tizimi joriy etiladi;

– 1 dekabrgacha “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimi joriy etiladi va “Elektron poliklinika” axborot tizimiga 62 ta oilaviy poliklinika ulanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан