Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi mehmonxonada «Birlik kuni muborak bo‘lsin, Ukraina!» deb yozildi (Foto)
17.02.2022 09:17,  
174

16 fevral kuni  Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining tungi yoritish chiroqlari yordamida «Birlik kuni muborak bo‘lsin, Ukraina!» deb yozildi.

Foto: Burgut

 

Ma’lumot uchun, Bayden Rossiya Ukrainaga 16 fevralda hujum qilishini ma’lum qilgandi, Zelenskiy esa bu kunni «Ukraina birligi kuni» deb e’lon qilgan.

Foto: Burgut

 

Avvalroq, Vladimir Zelenskiy ukrainaliklarga televideniya orqali murojaat qilgan edi.

Zelenskiy: «16 fevral hujum kuni deb belgilashmoqda. Biz buni birlik kuni sifatida qarshi olamiz. Tegishli farmon allaqachon imzolangan. Shu kuni davlat bayroqlarimizni ko‘tarib, ko‘k va sariq lentalarni taqib, birdamligimizni butun dunyoga namoyish etamiz.

Bizda birgina Yevropaga xos istak mavjud: biz erkinlik istaymiz va buning uchun kurashishga tayyormiz. Biz hammamiz baxtli yashashni xohlaymiz va baxt kuchlilarni sevadi. Biz hech qachon taslim bo‘lmaganmiz va bo‘lmoqchi ham emasmiz.

Ukrainani seving! Biz tinchmiz! Biz kuchlimiz! Biz birgamiz!‌‌»

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан