Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi reklama bannerlarini buzish bo‘yicha qaror huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmagan — biznes-ombudsman
29.05.2021 07:50,  
236

Biznes-ombudsman Toshkent shahrida reklama bannerlari buzilishi holatini o‘rganib chiqdi, deya xabar bermoqda uning matbuot xizmatiga tayanib «Gazeta.uz».

Eslatib o‘tamiz, poytaxtda 8 apreldan boshlab reklama bannerlarini ommaviy buzib tashlash ishlari boshlandi. Tashqi reklama ob’yektlari egalari konstruksiyalar qonuniy o‘rnatilganini, ularni buzib tashlash bo‘yicha topshiriq «yuqoridan» kelganligini ta’kidladi.

Aprel oyidan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida reklama konstruksiyalari buzilishi masalasi jamiyatning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Bir guruh tadbirkorlik sub’yektlari noodatiy usul orqali, ya’ni Prezidentdan yordam so‘rab, o‘zlariga tegishli bo‘lgan reklama ob’yektlariga murojaatlarini joylashtirdi.

Keyinchalik reklama sohasidagi tadbirkorlar ushbu vaziyatni hal etishga chaqiruvchi bir nechta reklama bannerlari o‘rnatish orqali reklama konstruksiyalarining noqonuniy buzilishini to‘xtatishni so‘rab, Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi.

«Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, tadbirkorlarga tegishli reklama konstruksiyalarining demontaji Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2021 yil 27 martdagi 323/37−6-sonli ‘Toshkent shahrida tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish to‘g‘risida’gi qarori asosida amalga oshirilmoqda», — deyiladi biznes-ombudsman xabarida.

Tadbirkorlar huquqlari bo‘yicha vakil «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunning 21 va 22-moddalari talablariga asosan ushbu qaror loyihasi adliya organlarida ekspertizadan o‘tkazilmaganligini aniqladi.

«Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatidan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yuqoridagi qarorning qonuniyligiga baho berish hamda vakolat doirasida uning qayta ko‘rib chiqilishida amaliy yordam berish so‘raldi», — deyiladi bayonotda.

Avvalroq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi poytaxtdagi reklama bannerlarining yarmi talablarga javob bermasligini ta’kidlagan edi. Qo‘mita barcha tomonlarni qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirgan edi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан