Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi YTHda ikki kishi vafot etdi
20.04.2021 11:20,  
407

19 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida Nexia-3 va Matiz ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Beruniy ko‘chasida, «Tinchlik» metro bekati yaqinida, taxminan soat 23:30 da 23 yoshli A.Z. boshqaruvidagi Nexia-3 va 25 yoshli B.N boshqaruvidagi Matiz to‘qnashdi. 

Nexia-3 yo‘lovchisi 24 yoshli M.T. jarohat olib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Ushbu mashina haydovchisi esa shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etgan. 

Matiz haydovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

IIBBning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, YTHning kelib chiqishiga Nexia-3 haydovchisi belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanib boshqaruvni yo‘qotganligi va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib boshqa mashina bilan to‘qnashganligi sabab bo‘lgan.

Mazkur fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан