Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentlik erkak xotinini pichoqlab o‘ldirib, so‘ng o‘zini pichoqladi
14.01.2020 18:59,  
1419

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida mudhish qotillik yuz berdi. Mast holdagi er xotinini pichoqlab o‘ldirib so‘ng o‘z joniga suiqasd qildi. Bosh prokuraturaning xabar qilishicha, voqea 13 yanvar kuni soat 03:00 larda sodir bo‘lgan.

Muqaddam sudlangan 32 yoshli Yu.A. mast holatda 31 yoshli xotini L.A. bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan chap orqa ko‘krak qafasi sohasi va bel sohasi chap yonbosh qismiga urib, qasddan o‘ldirgan. So‘ng o‘zining chap qo‘l bilak sohasini kesib, qorin sohasi o‘ng tomon pastki qismiga to‘rt marotaba pichoq bilan sanchib, joniga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan Yu.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан