Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp 2024 yilgi prezident saylovlarida ishtirok etishi mumkinligiga ishora qildi
2.12.2020 13:16,  
16

AQSh prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi oldidagi chiqishida 2020 yilgi saylovlarda g‘alaba qozona olmasa, unda ular bilan “4 yildan keyin yana uchrashishini” aytdi. Avvalroq OAVda Tramp 2024 yilgi prezident saylovlariga nomzodini qo‘ymoqchiligi ma’lum qilingandi.  
        
“Bu ajoyib 4 yil bo‘ldi. Biz yana 4 yil bo‘lishi uchun harakat qilmoqdamiz. Agar buning uddasidan chiqmasak, unda siz bilan 4 yildan keyin uchrashamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp. 

Avvalroq The New York Times nashri Tramp saylovlar bo‘yicha raqibi Jo Baydenning g‘alabasi tasdiqlansa, 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishini e’lon qilishi mumkinligini ma’lum qilgandi. 

AQShda noyabrda o‘tgan saylovlarning rasmiy natijalari hali e’lon qilinmadi. OAV hisob-kitoblariga ko‘ra, demokrat Jo Bayden prezident bo‘lish uchun yetarlicha ovoz to‘plagan. Biroq amaldagi prezident Donald Tramp raqibining g‘alabasini tan olmayapti va muhim shtatlarda ovoz berish natijalari bo‘yicha da’volashmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан