Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Transport vazirligi: Toshkentda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida «Damas» avtomobillarning paydo bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asossiz
25.08.2021 19:54,  
39

Toshkent shahar transport boshqarmasi Toshkent shahridagi ba’zi avtobus yo‘nalishlarining xususiylashtirilayotganligi to‘g‘risidagi xabar va maqolalar hamda ushbu holat yuzasidan bildirilayotgan turli fikr-mulohazalarga javoban rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini tashuvchi korxonalarga tender orqali biriktirish – bu mazkur yo‘nalishlarning xususiylashtirilganligini anglatmaydi, balki bu jarayon yo‘lovchi tashish yo‘nalishini aniq bir korxonaga, o‘rnatilgan talablarga (yo‘nalish sxemasiga, harakat jadvaliga, oraliq intervallariga, yo‘lkira tariflariga, tibbiy, texnik va boshqa talablarga) qat’iy rioya qilishni hamda ushbu talablarni buzganlik uchun javobgarlikni yuklab, yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish huquqini muayyan muddatga berish demakdir.

Shuningdek, xabarda kelgusida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida yana «Damas» rusumli avtomobillarning paydo bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham asossiz ekanligi ma’lum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан