Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tuman deputatligi uchun o‘tkazilgan saylovda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilgani aytilmoqda
17.05.2021 09:15,  
145

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida tuman kengashi deputatligiga o‘tkazilgan saylovda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yildi. Bu haqda «Daryo» ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 16 may kuni Xalq deputatlari Dehqonobod tuman kengashining bo‘shab qolgan 29-Bo‘ston saylov okrugi deputatligiga saylov bo‘lib o‘tgan. Saylovchilar 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosidagi 209-saylov uchastkasida, «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inidagi 85-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida joylashgan 223-saylov uchastkasida hamda «Oydin yo‘l» MFY tibbiyot kolleji binosidagi 224-saylov uchastkalarida o‘ziga ma’qul nomzodga ovoz bergan.

Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inidagi 85-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida joylashgan 223-saylov uchastkasida hamda «Oydin yo‘l» MFY tibbiyot kolleji binosidagi 224-saylov uchastkalarida saylovchilarga bir nechta byulleten berilgan.

«85-maktab va tibbiyot kollejidagi saylov uchastkasida saylovchilarga bir nechta byulleten berilgani va bir saylovchi 15-20 talab ovoz berishga uringan holati kuzatildi», — deyiladi hokimlik axborot xizmati ma’lumotida.

Aytilishicha, mazkur holatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va vaziyatga guvoh bo‘lgan 224-saylov uchastkasi raisi ko‘zbo‘yamachilikni aniqlagan matbuot xodimiga «muammo qilmaslikni» maslahat bergan.

«Bo‘ston» MFY raisi Tog‘aymurod Tojiyevning ma’lumot berishicha, deputatlikka saylov o‘tkazilayotgan 85-maktabdagi 223-saylov uchastkasida hech bir nomzodning dasturi yoki tarjimai holi saylovchilarga ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilmagan.

«Nomzodlarimizda na dastur bor, na tarjimai hol. Hech biri saylovchilar bilan uchrashmagan. Saylovchilarga taklifnoma ham berilmagan. Ba’zi bir saylovchilar tuman hokimligi Telegram kanalidagi e’lonni o‘qib, bugungi saylov haqidagi xabarni ko‘rib saylovga kelyapti. Kelganlarining ham aksariyatida fuqarolik pasporti yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, ularga ovoz berish uchun saylov byulletenlari berilmoqda. Eng yomoni bir saylovchi bir nechta byulletenni olib, ovoz berishga urinmoqda. Imi-jimida bunday, ko‘zbo‘yamachilik qilib saylov o‘tkazilishida tuman saylov komissiyasi raisi va mas’ullarining aybi bor», — deydi MFY raisi.

Hokimlik axborot xizmati «tuman saylov komissiyasi mazkur holatlarga e’tibor qaratib, bugungi natijalarni bekor qilgan holda saylovni qayta o‘tkazadi degan umiddamiz», deya xabarini yakunlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан