Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkistonda yangi xalqaro aeroport qurilmoqda
10.06.2020 09:05,  
314

Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimi O‘mirzaq Sho‘keyev viloyat markazida xalqaro aeroport va magistral yo‘l qurilishi bilan tanishdi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

Shahardan 16 km masofada joylashgan aeroport xalqaro standartlar va zamonaviy qurilish texnologiyalari asosida qurilmoqda.

Turkiyaning «YDA Group» kompaniyasi tomonidan qurilayotgan Turkiston xalqaro aeroporti yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda 300 dan ortiq quruvchi 102 ta maxsus texnika qurilish maydonchasida doimiy ravishda ishlamoqda. Aeroport 900 gektar maydonni egallaydi. Hozirda terminallar, uchish-qo‘nish yo‘laklari va boshqa inshootlar jadal qurilmoqda.

Aeroportgacha boradigan yo‘lning umumiy uzunligi 16,3 km. Aeroportda yiliga 3 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, mintaqada turizm salohiyatini oshirish uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. Ko‘hna shaharga tashrif buyuruvchi turistlar sonini 2025 yilga kelib 5 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Shu maqsadda xalqaro aeroportdan har ikki kunda Turkistondan Makkaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys ochilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан