Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya O‘zbekistonga navbatdagi tibbiy yordamni yubordi
31.07.2020 12:27,  
127

Turkiya va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida imzolangan sog‘liq materiallarini beg‘araz topshirish bitimi doirasida Covid-19 epidemiyasiga qarshi kurashda O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari tomonidan ishlatilish uchun yuborilgan himoyalovchi tibbiyot materiallaridan iborat yordam Toshkentga yetib keldi. 
 
50 000 dona N-95 niqob, 200 000 jarrohlik niqobi, 40 000 dona kombinezon, 5 000 dona yuzni to‘liq to‘suvchi niqob va Covid-19 ni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalaridan iborat qariyb 12.5 tonna insonparvarlik yordamini keltiruvchi Turk Havo Yo‘llarining kargo samolyoti Qurbon hayitning ilk kuni tongga yaqin Toshkentning I.Karimov nomli xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ta’minlab berilgan va Milliy mudofaa vazirligi tomonidan yetkazib berilgan tibbiyot yordamini trap oldida Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasining harbiy attashesi polkovnik Mustafa Balo‘g‘lu va Elchixona mas’ullari kutib oldilar. 

Sog‘liq yordamini qabul qilib olish uchun samolyotni kutib olgan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari murakkab vaqtda doimo qo‘llovlarini his etgan Turkiya va turk xalqiga minnatdorlik bildirdilar.
 
15 mart kuni mamlakatda birinchi Covid-19 holati aniqlanishi bilanoq, qat’iy karantin choralarini joriy qilgan O‘zbekistonga Turkiyadan birinchi sog‘liq yordami may oyida yetkazib berilgan bo‘lib, birinchi yordamda 50 dona sun’iy nafas oldirish jihozlari O‘zbekiston shifoxonalarida ishlatilish uchun O‘zbekiston Hukumatiga topshirilgandi.
 
Turkiyaning sog‘liq materiallari yordami haqida so‘z yuritgan Toshkentdagi elchi Mehmet Sureyya Er Covid-19 ning global miqyosda insoniy inqiroz tusini olgani va bu murakkab jarayonni xalqaro hamjamiyatning mustahkam birdamlik ruhini namoyish etib oshib o‘ta olishini, bu yondoshuv bilan Prezident R.T.Erdo‘g‘anning  topshirig‘iga binoan may oyida topshirilgan 50 dona sun’iy nafas oldirish jihozlari ketidan endi himoyalovchi sog‘liq materiallaridan iborat yordamning qardosh O‘zbekistonga yetkazib keltirilganini bildirdi.

Elchi M.S.Er Turkiyaning O‘zbekiston bilan mustahkam qardoshlik rishtalariga tayanuvchi strategik sheriklik munosabatlari orasida sog‘liqni saqlash sohasiga muhim o‘rin berilgani, Turkiyaning O‘zbekistondagi sog‘liq infratuzilmasining kuchaytirilishiga qaratilgan ishlarni o‘n yillardan buyon yuritayotganini qayd etdi. Covid-19 epidemiyasida hayotdan ko‘z yumganlar tufayli bu yil ma’yusroq kechgan Qurbon hayitning birinchi tonggida Toshkentga yetib kelgan bu yordamning turk xalqining O‘zbekistondagi qardoshlari bilan o‘rnatgan o‘zaro ko‘ngil ko‘prigining bir aksi ekani haqida so‘z yuritgan elchi M.S.Er Dede Ko‘rkutning so‘zlaridan iqtibos keltiradi: “Yaxshi kunda chaqirilganida, yomon kunda esa chaqirilmay turib kelgan do‘st – yaxshi do‘stdir”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан