Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya prezidenti turkiyaliklardan koinotga uchgan birinchi odam ayol bo‘lishi tashabbusini bildirdi
11.02.2021 11:27,  
104

Turkiyaning koinotga parvoz qiluvchi ilk kosmonavti ayol kishi bo‘lishi mumkin.

 “Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an bunga xayrixoh munosabatda”, deb aniqlik kiritgan mamlakat sanoat vaziri Mustafa Varank.

 “Anadolu”ning yozishicha, Varank: “Prezident turkiyaliklardan koinotga uchgan birinchi odam ayol kishi bo‘lishini istaydi. Biz eng munosib kishini tanlaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan. 

Unga ko‘ra, Turkiya texnologiya taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarilib, kosmik iqtisod imkoniyatlarining yangi ufqlarini ochmoqchi. 

Mamlakat Kosmik agentligi tegishli dasturni ishlab chiqqan. Avvalroq Turkiya 2023 yilda o‘z kosmik kemasini koinotga uchirishi ma’lum qilingandi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан