Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada bir kunda rekord darajada ko‘p odamda koronavirus aniqlandi
4.04.2021 23:22,  
713

Turkiyada 3 aprel kuni koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 44 756 ta yangi holat qayd etildi, deb yozadi «RBK» mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Bu bir kecha-kunduzda kasallanganlar soni bo‘yicha yangi rekord hisoblanadi. Bundan avvalgi rekord 2 aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 42 308 kishida virus aniqlangan edi.

Mamlakatda COVID-19 yuqtirganlarning umumiy soni 3 million kishidan oshdi, shularning 32 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Turkiya hukumati koronavirus xavfi tufayli 12 apreldan 12 maygacha dam olish kunlari amal qiluvchi komendantlik soatini joriy qildi. Bu davrda kafe va restoranlar taomlarni xo‘randalar faqat uyga olib ketishi sharti bilan ishlaydi. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29 mart kuni ma’lum qilishicha, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha eng yuqori xavfni bildiruvchi qizil toifaga allaqachon 58 ta shahar kirgan, u yerlarda Turkiya aholisining 80 foizi istiqomat qiladi.

«Agar bemorlar va o‘limlar sonini biz gumanitar va tijoriy aloqalar olib boruvchi mamlakatlardan ko‘ra tezroq qisqartira olmasak, global normallashuv jarayonida ortda qolib ketamiz», — dedi Erdo‘g‘on.

Turkiyada ba’zi yirik shaharlarda, shu jumladan, Istanbul va Izmirda koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlangani haqida noyabr oxirida ma’lum qilingan edi. O‘sha paytlarda mamlakatda dam olish kunlari amal qiluvchi komendantlik soati kiritilgan edi. Shuningdek, Yangi yil bayramlari davrida ham komendantlik soati e’lon qilingan. Mart boshida esa Turkiyada ba’zi cheklovlar bekor qilingandi. Sayyohlik mavsumi Turkiyada aprel oyida ochilishi rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан