Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada komendantlik soati joriy etildi.
1.01.2021 09:39,  
430

31 dekabr soat 21:00dan 1 yanvar soat 10:00gacha Turkiyadagi barcha shaharlarning markaziy ko‘cha va maydonlariga chiqish taqiqlanadi.  

Turkiyada 4 yanvargacha komendantlik soati joriy etildi. Ushbu cheklov to‘g‘risida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 14 dekabrda ma’lum qilgandi.


Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida "31 dekabr soat 21:00dan 4 yanvar soat 5:00gacha komendantlik soati amal qiladi".
Turkiya madaniyat va turizm vazirligi vakilining aytishicha, komendantlik soati xorijlik turistlarga taalluqli emas.  
Ammo 30 dekabr kuni Turkiya ichki ishlar vazirligi xorijlik turistlarga ham taalluqli cheklovlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, 31 dekabr soat 21:00dan 1 yanvar soat 10:00gacha Turkiyadagi barcha shaharlarning markaziy ko‘cha va maydonlariga chiqish taqiqlanadi.  
Bundan tashqari, 31 dekabrdan 4 yanvargacha mehmonxonalarda har qanday ommaviy ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish mumkin emas.  
Turkiyada koronavirus ilk marta 10 martda aniqlangandi. Hozirga kelib mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 2,2, millionga yaqinlashgan, 20,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Manba.Kun.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан