Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada o‘zbekistonlik ayollarni fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi
19.01.2021 22:24,  
491

Turkiyaning Izmir shahrida chet eldan kelgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan olti nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi, 8 ayol jinsiy qullikdan qutqarildi.

Haberlar nashrining yozishicha, politsiya shaharda ayrim chet ellik ayollar fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilinayotgani haqida ma’lumot olgan.

Huquq-tartibot xodimlari 4 oy davomida gumonlanuvchilar izidan kuzatuv olib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, jinsiy qullikda saqlangan ayollar  Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan fuqarolar bo‘lib, ular kaltaklanib, bosim o‘tkazish orqali fohishalikka majburlangan.

Turli manzillar bo‘yicha olib borilgan tezkor operatsiyalar davomida 8 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tadbir davomida qutqarilgan 8 nafar ayol o‘z vatanlariga qaytish masalasini hal qilish uchun viloyat migratsiya idorasiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан