Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada tilanchiga nasixat qilgan o‘zbekistonlik pichoqlab o‘ldirildi (video)
14.12.2020 13:16,  
4840

Turkiyaning Istanbul shahrida tilanchilik qilgan yigitga ishlash kerakligini aytgan 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Burhonjon Ochilov pichoqlab, o‘ldirildi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar berdi.

Hodisa Moltepa tumani Fayzulloh mahallasida yuz bergan. Tilanchilik bilan kun kechiradigan 27 yoshli Badir G. alkogolli ichimlik olish uchun Ochilovdan pul so‘ragan. O‘zbekistonlik migrant esa unga shunday javob bergan:

Men mamlakatimdan kelib, muhojirlikda ishlayapman. Sen kelib pul so‘rayapsan, uyalmaysanmi? Bor ishla”.

Buning ortidan chiqqan mojaro janjalga aylangan. Bedir Ochilovning ko‘ksiga pichoq bilan zarba bergan.

Shifoxonaga yotqizilgan Ochilov barcha choralar ko‘rilganiga qaramay, vafot etgan. Politsiya Bedir G.ni qo‘lga olgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан