Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyaga borib xabarsiz yo‘qolgan 3 nafar o‘zbekni qarindoshlari qidirmoqda
7.03.2021 10:35,  
323

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasining xabariga ko‘ra, konsulxonaga kelib tushgan arizalarga binoan, quyida keltirilgan Turkiyaga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekistondagi yaqin oila a’zolari tomonidan qidirayotganligi ma’lum qilinadi:

- Rasulova Mavluda Farmonovna, 01.08.1964 yilda Buhoro viloyatida tug‘ilgan. 2019 yil 18 oktyabrda Turkiyaning Istanbul shahriga kelgan. 2020 yilning oktyabr oyidan buyon O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlariga aloqaga chiqmagan (qarindoshlari telefon raqami +99890 6143039);

- Narzikulov Azimboy Raxmatullayevich, 14.10.1993 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2016 yil 6 dekabrda Turkiyaning Istanbul shahriga kelgan. 2018 yilning mart oyidan buyon O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlariga aloqaga chiqmagan (qarindoshlari telefon raqamlari +99871 2320867, 05322144575, avdokat - 05305438171);

- Maxamatkulov Azamat Alikulovich, 17.04.1980 yilda Surxandaryo viloyatida tug‘ilgan. 2020 yil 14 martda Turkiyaning Istanbul shahriga kelgan va keyinchalik oila-a’zolariga aloqaga chiqmay qo‘ygan (qarindoshlari telefon raqamlari +99893 0792683).

Boshkonsulxona yuqorida zikr etilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida ma’lumotga ega bo‘lgan Turkiyadagi vatandoshlarimizdan  ko‘rsatilgan telefon raqamlarga zudlik bilan murojaat qilishlarini iltimos qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан