Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uzbekistan Airways raisiga o‘rinbosar sifatida turkiyalik mutaxassis tanlandi
20.06.2020 15:05,  
228

Turkiyalik mutaxassis Orxan Sivrikaya Uzbekistan Airways boshqaruv raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalidagi ma’lumotlarda ko‘rsatilgan deya xabar bermoqda "Daryo" nashri.

Mazkur tayinlov qarori kompaniya aksiyadorlarining 18 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida bir ovozdan tasdiqlangan.

Orxan Sivrikaya Bosfor universitetini tamomlagan. Turkiya, Yevropa va Shimoliy Amerikada turli lavozimda faoliyat yuritgan. Jumladan, Turkish Airlines vitse-prezidenti bo‘lgan.

2017 yilning noyabr oyida «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan. Aviakompaniyani rivojlantirish strategiyasi, jadvallarni optimallashtirish, samolyotlar parkini rejalashtirish, marketing va boshqalarni ishlab chiqishda ishtirok etgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан