Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda turizm hududlarini rejalashtirishga yordam bermoqchi
18.02.2020 09:24,  
133

Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida “O‘zbekistonda turizm hududlarini rejalashtirish va Turkiya tajribasi” amaliy seminari o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadbirda  Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining Investitsiyalar va amalga oshirish Bosh boshqarmasi mutasaddilari, Turkiya Mustaqil me’morlar uyushmasi rahbariyati ishtirok etishdi.

Seminar doirasida qator yalpi sessiyalar o‘tkazilib, ularda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Turistik zonalarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish departamenti hamda  “Qishloqqurilishloyiha” instituti mutaxassislari mamlakatimizda yo‘lbo‘yi turizm infratuzilma ob’yektlari loyihalariga to‘xtalishdi.  

Tadbirda shuningdek Qo‘mitaning Turkiya Respublikasidan jalb qilingan xorijiy maslahatchisi Sodiq Badak ham ishtirok etib, “O‘zbekistonda turizm hududlarini rejalashtirish va tematik turizm shaharchasi namunasi” mavzusida taqdimot qildi. 

Ikkinchi sessiyada Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi boshqarma boshlig‘i Taner Piri va bo‘lim boshlig‘i Mustafo O‘zdemir vazirlikning turizm hududlarini rejalashtirish va investorlar uchun yer maydonlarini ajratish faoliyati bo‘yicha taqdimot qilishdi hamda  Turkiyaning turizm sohasida erishgan yutuqlariga to‘xtalib o‘tishdi.

“O‘tgan asrning 70-yillari oxirida 300 ming sayyoh qabul qila olgan Turkiyadan 2019 yilda qariyb 52 million sayyohga yuqori darajali xizmat ko‘rsata olgan Turkiya o‘rtasida 40 yillik tajriba bor. Bu tajriba zamirida to‘g‘ri rejlashtirish va loyihalashtirish konsepsiyasi yotadi. Turizm hamma joyda ham rivojlanavermaydi – eng avvalo, turizm salohiyatiga ega bo‘lgan hududni to‘g‘ri tanlay bilish lozim. Shunchaki, shaharning bir chetida mehmonxona qurish, restoran ochish yoki savdo shoxobchasi barpo etish bilan turizm rivojlanib qolmaydi. Konsepsiyasi va reja-loyihasi ishlab chiqilgan hududlardagina kompleks turistik xizmat madaniyati shakllanadi”, - deya ta’kidladi Taner Piri. 

Seminarning ikkinchi kunida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xodimlari tomonidan loyihalashtirilayotgan turizm zonalari joyiga borib o‘rganildi. Toshkent viloyatidagi turizm zonalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar turkiyalik mutaxassislar tomonidan yuksak baholandi. Tadbir yakuniga ko‘ra, turkiyalik ekspertlar bilan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан