Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmaniston Rossiyaga qariyb 1 mln dollarlik gumanitar yordam yubordi
4.11.2020 11:51,  
373

«Turkmaniston, ehtimol, pandemiya davrida Rossiyaga gumanitar yordam ko‘rsatgan Markaziy Osiyodagi yagona davlatdir», — deb ta’kidlagan Rudenko.

Uning aytishicha, oziq-ovqat, neft mahsulotlari va boshqa narsalardan iborat katta yuk Astraxanga jo‘natilgan.

Rudenkoning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi munosabat ijobiy dinamikani namoyon  etmoqda, bu esa tovar aylanmasi o‘sishida aks etmoqda.

Rossiya TIV saytida ma’lum qilinishicha, og‘irligi qariyb 1000 tonna bo‘lgan gumanitar yuk Rossiya tomoniga davlatlar o‘rtasidagi strategik sherikchilik tamoyillariga asoslangan hamkorlik doirasida topshirildi.

Xususan, turkman mollari, shu jumladan, to‘qimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam ko‘rsatilgan.

«Rossiya tomon Turkmanistonning yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan hozirgi og‘ir vaziyatda juda muhim bo‘lgan ushbu do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabati uchun chuqur minnatdor», — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Vazirlikning qo‘shimcha qilinishicha, jo‘natilgan mahsulotlar tibbiyot muassasalariga yuboriladi. U birinchi navbatda koronavirusga qarshi kurash bilan jalb etilgan muassasalarga, shuningdek, xavf guruhidagi fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlarga kelib tushadi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston Rossiyaga gumanitar yordam sifatida 5 million dona tibbiy niqob yuborgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан