Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmanistondagi IESda favqulodda o‘chish sabab O‘zbekistonga yetkaziladigan elektr energiyasi keskin kamaydi
21.02.2020 12:41,  
282

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2020 yil 21 fevral kuni soat 6:45da Turkmaniston energetika tizimiga tegishli «Mari issiqlik stansiyasi»da va «Serdar» podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘i favqulodda o‘chdi. Natijada Turkmanistondan yetkazib berilayotgan elektr energiyasi 780 MVtdan 60 MVtgacha kamaydi.

Turkmaniston elektr uzatish tarmog‘ida ro‘y bergan nosozlik tufayli O‘zbekiston energetika tizimi bo‘yicha avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida 600 MVt quvvatdan foydalanayotgan iste’molchilar vaqtincha tarmoqdan uzildi.

Ayni paytda turkmanistonlik energetiklar tomonidan havo tarmog‘idagi nosozlik sabablarini aniqlanib, uni bartaraf etish yuzasidan zarur ishlarni olib borilmokda.

O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minoti tizimida import amaliyoti o‘rnini qoplash uchun barcha zaxira kuchlari safarbar etilgan bo‘lib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

Turli nosozliklar tufayli elektr ta’minotida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qisqa muddatli uzilishlar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutasaddi xodimlari tomonidan bartaraf etilib, mavjud yoqilg‘i zaxirasiga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayoni «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, «O‘zbekgidroenergiya» AJ stansiyalari ham to‘liq quvvatda faoliyat yuritmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан