Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Kusherbayev Toshkent tumanidagi 26-maktab direktori bilan bog‘liq voqealarga o‘z fikrini bildirdi
23.04.2021 09:09,  
897

Insonda ikkita ko‘z bor: o‘ng va chap. Yaxshilik istasa o‘ng ko‘z bilan qaraydi, yomonlik istasa chap ko‘z bilan. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Toshkent tumanidagi 26-maktab direktori bilan bog‘liq ishlar yangicha burilish olmoqda — deya o‘z telegram sahifasida yozmoqda.

Maktab direktorining gaplarini eshitib turib, agar uning ishiga o‘ng ko‘z bilar qaralsa aslida uni davlat mukofotiga tavsiya qilish kerak ekan, degan fikrga keladi inson. 

Biroq afsuski ularning faoliyatiga boshdanoq chap ko‘z bilan qarash maqsad qilingan ko‘rinadi. 

Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Bu aniq. Biroq nima bo‘lganda ham aybsizlik prezumsiyasiga amal qilishda huquqni muxofaza qiluvchi idoralar hammaga o‘rnak bo‘lishi kerak. Buni boshqalar tushunmasa ham qonunni himoya qiluvchi prokuratura xodimlari yaxshi bilishadi. 

Lekin nega o‘zlari bunga amal qilmadi, nega bu ishni butun ommaga e’lon qilishga shoshildi, nega maktab oldida qurilish qilmoqchi bo‘layotgan tadbirkorning(erkak) maktab direktori, deputat qolaversa ayol kishini ko‘pchilik oldida obro‘sizlantirib, qo‘l ko‘targani voqeasiga ko‘z yumildi... bular tushunarsiz. 

Lekin nima bo‘lsayam maktab direktori bo‘lgan ayolning ta’limga  fidoyiligi, uncha muncha erkakdan ko‘ra mard va kuchliroq ekanligiga tasanno! Ular "tuya emasligingni isbotla" sindromi bilan kurashayaptilar.

Buni ko‘rib erkakman, deb tirnoq tagidan kir qidirib yurganlarga esa bitta gap: bu kuningdan o‘lganing yaxshi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан