Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onadan quvonchli xabar: uch egizak – Bibixonim, Amirbek va Temurbeklar dunyoga keldi
19.09.2019 16:24,  
3417

Oilada farzand dunyoga kelishi katta baxt, agar ular egizak bo‘lsa, qo‘shaloq bayram. Shunday quvonchli voqea Farg‘ona shahar markaziy shifoxonasining tug‘ruq bo‘limida yuz berdi. Bu yerda Nozimaxon Ahmadjonova egizaklar – bir qiz va ikki o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.

Farg‘ona viloyati sog‘liq saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, ayolning turmush o‘rtog‘i Xurshidbek Ibrohimov harbiy xizmatchi. Buxoro viloyatida faoliyat yuritib keladi. Ushbu oilada bir nafar o‘g‘il farzand bor edi, endilikda to‘rtta bo‘ldi!

Chaqaloqlarning otasi harbiy xizmatchi bo‘lgani bois, buyuk ajdodlarimizdek salohiyatli va jasoratli insonlar bo‘lsin, deb yaxshi niyat qilib, egizaklarning eng kattasiga Bibixonim, o‘g‘il bolalarga Amirbek va Temurbek, deb ism qo‘yishdi.

Tug‘ilgan uch nafar chaqaloqning barchasi sog‘lom, malakali mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Ayni paytda onaga ham, chaqaloqlarga ham tajribali shifokorlar nazorati ostida, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан