Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy shtablar faoliyati kuchaytirilsin» — Shavkat Mirziyoyev
1.04.2021 21:29,  
528

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha 2020 yil noyabr oyida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazayotgani haqida xabar berilgan edi. Yig‘ilishda Prezident koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy shtablar faoliyati kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Xabarga ko‘ra, bunga so‘nggi oyda koronavirusga chalinish holati ko‘paygani, infeksiyadan o‘lim holatlari qayd etilayotgani sabab bo‘lmoqda.

«Joriy yil boshida kuniga o‘rtacha 30–40 nafar bemor aniqlangan bo‘lsa, mart oyi o‘rtalaridan bu ko‘rsatkich 160–180 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikning o‘ta og‘ir kechishi, hattoki o‘lim holatlari ham qayd etilmoqda. Buning sababi ko‘pchilik fuqarolar xotirjamlikka berilib, tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin talablariga befarq bo‘lib qoldi», — deydi Prezident.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev bu borada bosh vazir va viloyat hokimlariga topshiriq berdi.

«Bosh vazir Aripov viloyat hokimlari bilan birga uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy shtablar faoliyatini kuchaytirsin», — deydi Prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан